Psiphondan qanday foydalanish mumkin

Android uchun Psiphon

Avval Android uchun Psiphon ilovangizni ishonchliligini tekshiring.

O‘rnatishni boshlash uchun Android pochta mijozi yoki brauzer orqali e-pochta xatlarida kelgan Psiphon APK havolasini bosing. (agar xatolik xabari ko‘rsatilsa, tashqi manbalardan ilovalar o‘rnatishga ruxsat berish kerak bo‘lishi mumkin.)

Psiphon ilovasi ishga tushirilganda, ilova Psiphon tarmog‘iga avtomatik ulanishni boshlaydi.

Screenshot showing the Psiphon for Android status panel
  • Psiphon VPN yoki Butun qurilma ulanishlarini shifrlash rejimida. Barcha ilovalar ulanishi Psiphon orqali shifrlanadi.
  • Ahvolni ko‘rsatuvchi varaq tanlandi
  • Psiphonni Butun qurilma ulanishini shifrlash rejimida ishga tushirish uchun Android 4.0 va undan yuqori versiyadagi yoki rutlangan qurilma zarur.

    Bu rejim rutlanmagan yoki versiyasi eski Android qurilmalarda ishlamaydi.
  • Kulrang: ulanmoqda
    Qizil: ulanmagan
    Ko‘k: ulangan
  • Joriy Psiphon versiyasi

Screenshot showing the Psiphon for Android logs panel
  • Psiphon amallar jurnali

Screenshot showing the Psiphon for Android statistics panel
  • Ulanish davomiyligi
  • Psiphon orqali uzatilgan axborot
  • Psiphon orqali qabul qilingan axborot
  • Psiphon orqali uzatiladigan axborot zichlanishi
  • Psiphon orqali qabul qilingan axborot zichlanishi

Ilova Psiphon tarmog‘iga ulanishi bilan ichki Psiphon brauzeri ishga tushadi. Psiphonning Android versiyasi birlamchi Android brauzeri yoki boshqa ilovalar ulanishlarni avtomatik shifrlamaydi. Standart holatda, faqat Psiphon brauzeri Psiphon tarmog‘iga tunnel orqali ulanadi.

Screenshot showing the Psiphon for Android web browser
  • Psiphon ishga tushgan
  • Ochiq varaqlarni almashtirish
  • Joriy varaqni yopish
  • Joriy sahifani xatcho‘plarga qo‘shish
  • Yangi varaq ochish