Psiphon nima?
Psiphon VPN internet aloqangizni maxfiy saqlaydi va qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, ochiq internetga kirishingizga yordam beradi. 2006-yildan beri odamlarga ulanish imkonini berib kelayotgan Psiphon Inc. tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, undan butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar foydalanadi. Psiphon mobil va kompyuter qurilmalarida mavjud hamda ochiq kodlidir.
Ulangainingizda, Psiphon internet trafigingizni shifrlangan aloqa orqali o‘zining global serverlar tarmog‘i bo‘ylab yo‘naltiradi. Bu siz foydalanayotgan tarmoq, masalan, mobil aloqa operatoringiz, internet provayderingiz yoki ommaviy Wi-Fi nuqtasi siz tashrif buyurayotgan saytlarni yoki yuborayotgan va qabul qilayotgan kontentingizni ko‘ra olmasligini bildiradi. Bu siz uyda yoki aeroport yoxud kafedagi ishonchsiz Wi-Fi tarmog‘ida bo‘lishingizdan qat’i nazar, VPN xizmatidan kutadigan kundalik maxfiylik va xavfsizlikdir.
Psiphon, shuningdek, kirish cheklangan joylarda ham ishlashda davom etish uchun mo‘ljallangan. U o‘z trafigini aniqlash va bloklashni qiyinlashtiradigan bir qator ulanish usullari va niqoblash texnologiyalaridan foydalanadi, shu sababli u to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan tarmoq filtrlari va xavfsizlik devorlaridan o‘ta oladi. Bu dunyoning eng kuchli tsenzuraga uchragan hududlarida odamlarni bog‘lab bergan texnologiyadir va u har bir Psiphon ulanishining tarkibiy qismidir.
Natijada, siz foydalanayotgan tarmoqda maxfiyligingizni himoya qiluvchi hamda siz uchun muhim bo‘lgan ilovalar, saytlar va xizmatlarga, jumladan, boshqa holatda cheklangan bo‘lishi mumkin bo‘lganlariga kirish imkonini beruvchi yagona ilovaga ega bo‘lasiz.



